“Yil talabasi” Institut bosqichi uchun talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yig'ma jildi ishchi guruh tomonidan ko'rib chiqildi.
06.11.2024 11:06:39 5
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan e'lon qilingan “Yil talabasi” tanlovining Namangan davlat pedagogika instituti bosqichi uchun talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yig'ma jildi ishchi guruh tomonidan ko'rib chiqildi.
Hujjatlarni tekshirish jarayonida institutning Korrupsiyaga qarshi kurash "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Abdushukur Tojimatov, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i Ramziddin Tursunov hamda mas'ul xodimlar tomonidan talabgorlarning erishgan yutuqlari va ularni asoslovchi materiallar batafsil ko'zdan kechirildi.
Eslatib o'tamiz, tanlovning institut bosqichi uchun taqdimot jarayonlari 12-noyabr kuni soat 08:30 dan boshlab o'tkaziladi.