English English English

Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi

  29.06.2024 10:05:24    2


Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirish, yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yigʻilishi

Bugun mamlakatimizda yoshlarga har qachongidanda koʻproq e'tibor berilmoqda.
Har qaysi davlatning ham tarixiy taraqqiyot yo‘li, uning rivojlanishi, yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bevosita aloqador. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasiga davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralishi bejiz emas.




Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirish, yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yigʻilishi buning tasdigʻidir.

Eng quvonarlisi, bu ilgʻor, kreativ fikrlovchi, tashabbuskor yoshlar orasida O'zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan davlat pedagogika institutidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi.

Bu nafaqat Masturaxon Nabixonovaga, balki Namangan davlat pedagogika institutiga ham berilgan oliy mukofotdir.
Bu oddiy mukofot emas, uning zamirida Prezident ishonchi, saʼy-harakatlari, g'ururi mujassamdir.

Shijoatkor, tashabbuskor, mehnatkash Masturaxon Nabixonovaga hamda Namangan davlat pedagogika institutiga ushbu mukofot muborak boʻlsin!

Namangan davlat pedagogika instituti axborot xizmati