Magistrlar uchun master-klass tashkil etildi
13.12.2025 09:00:14 9
Namangan davlat pedagogika institutining Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) D.A. Muminova tomonidan 70110401 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishi 2-kurs magistrantlari uchun magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va ilmiy-uslubiy talablarga muvofiq yozish mavzusida maxsus master-klass tashkil etildi.
Tadbir davomida dissertatsiya mavzusini tanlash mezonlari, ilmiy apparatni shakllantirish, tadqiqot metodlarini belgilash, manbalar bilan ishlash hamda dissertatsiya tuzilmasini to‘g‘ri ishlab chiqish bo‘yicha batafsil metodik ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ilmiy matnni rasmiylashtirish talablari, havolalar keltirish tartibi, bibliografik ro‘yxatni tuzish qoidalari va dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik jarayonlariga oid amaliy tavsiyalar taqdim etildi.