English English English

«OITSga qarshi butunjahon kurash kuni» sifatida nishonlanadi.

  27.11.2024 09:30:40    3


Har yili 1-dekabr sanasi an'anaviy ravishda «OITSga qarshi butunjahon kurash kuni» sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsad qilinadi.




Shu munosabat bilan Namangan davlat pedagogika institutida OITSga qarshi butunjahon kurash kuni doirasida viloyat OITS ga qarshi kurash markazi shifokorlari Muhammadjon Rahimov, Tolibjon Rahimov hamda Dilafroʻz Ergashboyeva, Firzoda Ortiqova tashrif buyurib, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.

Muloqot davomida ushbu virusning kelib chiqish sabablari, tarqalishi, yuqish yoʻllari haqida vakillar tomonidan misollar yordamida tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv soʻnggida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.