Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi
24.04.2025 09:23:11 3
Buyuk el ardogʻidagi shoir Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan Pedagogika fakulteti tyutori boshchiligida boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich talabalari shoir hayoti va ijodiga bagʻishlangan qiziqarli savol-javoblar chellenjini oʻtkazishdi.

Ushbu chelenjda talaba yoshlar hamda professor-oʻqituvchilar faol ishtirok etishdi.
Maʼlumot uchun, Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprel kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanida Qovunchi qishlogʻida tavallud topgan. M.Yusufning ilk kitobi 1985-yildan nashrdan chiqqan boʻlib, "Tanish teraklar" deb nomlanadi.