Institut talabalari "Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman bosqichida g‘oliblikni qo'lga kiritdi.
06.03.2025 16:54:10 26
Namangan davlat pedagogika instituti talabalari "Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman bosqichida g‘oliblikni qo'lga kiritdi.
Avval xabar berganimizdek, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman-saralash bosqchilariga start berilgan va bugun tanlovning Yangiqo'rg'on tuman bosqichi o‘tkazildi.

Quvonarlisi, tanlovda Namangan davlat pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi 2-bosqich talabasi Xakimbekova Muslima hamda Texnologik taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Quchqarboyeva Ruxshonalar faol ishtirok etib, viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman saralash bosqichlari davom etmoqda. (https://t.me/NamDPI_iqtidorli/1898)