NamDPI talabasi Fazliddin Erkinboyev — jahon chempioni!
06.04.2025 22:03:55 18
31-mart — 5-aprel kunlari Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida boʼlib oʼtgan "World Boxing" kubogida yurtimiz bokschilari yana bir bor oʼz mahoratlarini butun dunyoga namoyish etishdi.

Ulkan yutuq! Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi Fazliddin Erkinboyev 75 kg vazn toifasida barcha raqiblarini magʼlub etgan holda oltin medalga sazovor boʼldi!
💐Fazliddin Erkinboyevning ushbu tengsiz gʻalabasi bilan butun institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi musobaqalarida zafarlar tilaymiz!