"Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida Namangan shahar IIB HPB hamkorligida talaba-qizlar oʻrtasida davra suhbati oʻtkazildi.
10.04.2025 21:13:07 13
Namangan davlat pedagogika institutida "Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida Namangan shahar IIB HPB hamkorligida talaba-qizlar oʻrtasida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori mayor D.Turg'unova, institut profilaktika inspektori G.Rahmatullayeva, NamDU profilaktika inspektori Z. Karimova hamda institut Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi G.Tajiboyeva ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida masʼullar tomonidan xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha kerakli maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, talaba-qizlarga taqiqlangan saytlardan foydalanmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy maʼlumotlarini: foto, videolarini joylamaslik haqida tushuntirish olib borildi.