Institut va ixtisoslashtirilgan maktablar hamkorligi yangi bosqichda
21.12.2025 08:36:53 14
Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti Abdurahmanov Sohibjon ishtirok etib, o‘zining boy pedagogik tajribalari bilan o’quvchilarga mahorat darsi o’tib berdi.
Mahorat darsi davomida o‘quvchilarning bilimini oshirishga qaratilgan ilg‘or metodik ishlanmalardan samarali foydalanildi va zamonaviy ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar qo’llanildi. Dars davomida, shuningdek, interfaol usullar hamda o‘quvchini faol subyekt sifatida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik texnologiyalardan mohirlik bilan foydalanildi.
Mashg'ulot yakunida o’quvchilarga Namangan davlat pedagogika institutidagi mavjud ta’lim yo’nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Bitiruvchi o’quvchilar uchun esa kasbga yo’naltirish bo’yicha tavsiyalar berildi.