"GULLAR FESTIVALI"GA TASHRIF ESTAFETASI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETIDA!
06.06.2026 14:52:11 8
Ijtimoiy fanlar fakulteti dekan S. Mutalov boshchiligida kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar hamda talabalar " Gullar festivali" doirasida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog'iga tashrif buyurdi. Fakultet jamoasi festival doirasida namoyish etilayotgan rang-barang gul kompozitsiyalari, betakror landshaft bezaklari va ijodiy ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida jamoaviylik, estetik did, tabiatga mehr-muhabbat hamda ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishga xizmat qildi. Festivalning ko‘tarinki ruhi, go‘zal manzaralari va bayramona muhit ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.