Ijarada istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olindi.
02.04.2025 00:14:53 20
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi mudiri hamda fakultet tyutori tomonidan ijarada istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olindi.

Tashrif davomida talabalar yashash sharoitlari, xonalar ozodaligi, o’zaro munosabatlar o’rganildi.
Xonadon egalari bilan suhbatlashildi. Is gazidan zaharlanishning oldini olish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, turli to’garaklarga qatnashishi, sport bilan shug’ullanishi, internetdan unumli foydalanishi, kiberjinoyat qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo’lishi tushuntirildi.