Namangan davlat pedagogika institutida Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan "Kitob-yarmarkasi" tashkil etildi.
05.02.2026 20:19:18 20
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 9-sonli qarori ijrosini taminlash hamda talabalar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida "Barakot" kitob do'koni bilan o'zaro hamkorlikda tashkil etilib, yarmarkada bevosita Axborot-resurs markazi direktori O.Nasriddinov hamda kutubxona xodimlari, shuningdek, talabalar faol ishtirok etdilar.
Kitobxonlar tomonidan yarmarka iliq kutib olindi. Ushbu kitob yarmarkasidan klassik va zamonaviy nashrlar o'rin olgan bo'lib, ularning sifati hamda sotuv narxlari arzonlashtirilgan holda mushtariylarga taqdim etildi.