English English English

Yana bir g‘ururli natija!

  23.11.2025 10:08:51    5


22–23-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ATKF Karate bo‘yicha Osiyo chempionatida Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 3-kurs talabasi — Alisherov Sayidbek yuksak mahorat va matonat namoyish etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🥇🔥


Yana bir g‘ururli natija!


Bu yutuq — nafaqat talabaning, balki institutimizning ham xalqaro miqyosdagi obro‘sini yana-da oshirgan muhim g‘alabadir.

Sayidbekni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! Kelajakdagi musobaqalarda ham yangi g‘alabalar va yorqin zafarlar tilaymiz!