NamDPIda magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki himoyasi yuqori saviyada boshlandi
03.02.2026 10:24:11 10
Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi magistrlarining magistrlik dissertatsiya ishlarining dastlabki himoyasi boʻlib oʻtmoqda.
Himoya jarayoni amaldagi meʼyoriy talablar asosida tashkil etilib, unda magistratura boʻlimi boshligʻi M.Toʻraboyeva, Filologiya kafedrasi mudiri R.Tillayeva, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi bosh mutaxassisi J.Sodiqov ishtirok etdishdi.
Magistrlar dissertatsiya ishlari doirasida tanlangan mavzularning dolzarbligi, ilmiy-nazariy asoslari, tadqiqot metodlari hamda olingan natijalarning amaliy ahamiyatini slaydli taqdimotlar orqali atroflicha yoritib berdilar.
Himoya jarayonida taqdim etilgan ilmiy xulosalar mutaxassislar tomonidan muhokama qilinib, magistrlarning ilmiy izlanishlari munosib baholandi.