"Ochiq eshiklar kuni"
11.01.2025 10:07:30 38
NamDPI talabalari "Ochiq eshiklar kuni"da ishtirok etishdi

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni harbiy sohaga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, Vatan taqdiriga daxldorlik hissini shakllantirish bugun barchamiz uchun dolzarb masaladir.
Respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan vatanparvarlik oyligi doirasida bugun Milliy gvardiya Namangan viloyati Qo'riqlash boshqarmasida Namangan davlat pedagogika instituti talabalari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari boshchiligida talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad — yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirish, ularni Qurolli kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar va xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish orqali sohaga bo'lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.