14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni"
14.01.2025 11:29:53 8
Namangan davlat pedagogika instituti Kasaba uyushmalari Kengashi tashabbusi bilan "Barkamol avlod" sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan erkak professor-oʼqituvchilar, hamda xodimlar, tyutorlar oʻrtasida sportning shaxmat, shashka hamda stol tennisi boʻyicha musobaqa oʻtkazilgan edi.
Bayram sanasi munosabati bilan tashkil etilgan bayram dasturida bir guruh professor-oʻqituvchilari, xodimlar hamda tyutorlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.