English English English

Sun’iy intellektni pedagogik ta’limga tadbiq etishning ustivor yo‘nalishlari

  06.04.2026 13:44:53    9


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan 2026-yil 24–25-aprel kunlari "Sun’iy intellektni pedagogik ta’limga tadbiq etishning ustivor yo‘nalishlari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkaziladi.


Sun’iy intellektni pedagogik ta’limga tadbiq etishning ustivor yo‘nalishlari


Anjuman yo‘nalishlari:
1⃣ - Informatika ta’limida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish: adaptiv o‘qitish, intellektual tizimlar va raqamli didaktika
2⃣ - Matematika ta’limida sun’iy intellekt asosida tahlil, modellashtirish va muammoli o‘qitishni rivojlantirish
3⃣ - Fizika ta’limida sun’iy intellekt: simulyatsiya, virtual laboratoriyalar va eksperimental kompetensiyalarni shakllantirish
4⃣ - Texnologik ta’limda sun’iy intellekt va raqamli ishlab chiqarish: STEM, robototexnika va innovatsion muhitlar
5⃣ - Sun’iy intellekt asosida ta’limni transformatsiyalash: raqamli ekotizimlar, shaxsiylashtirilgan ta’lim va ta’lim menejmenti
6⃣ - Sun’iy intellektning nazariy va ilmiy asoslari: algoritmlar, modellashtirish, hisoblash usullari va injenerlik yechimlarini ishlab chiqish.

💬 Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.

📥 Maqolalar joriy yilning 23-aprel kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi:

☎️ Murojaat uchun: 
@namspi_conference, +998999778765, +998936700333

 

attachment_20260406_101041_e7a4ec00.pdf