English English English

Aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishi bo'yicha ilmiy-metodik Kengash yig'ilishi

  28.03.2025 17:22:25    35


Toshkent shahrida Ta'limni rivojlantirish respublika Ilmiy-metodik markazi huzurida Aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishi bo'yicha ilmiy-metodik Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.


Aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishi bo'yicha ilmiy-metodik Kengash yig'ilishi


Kengash yig'ilishida Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent T.Abdullayev hamda Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti Baxtiyor Kamolov ishtirok etishdi.

Yig'ilish kun tartibida:
Aniq va tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha Ilmiy-metodik Kengash a'zolari tarkibi hamda Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi
direktorining 2023-yil 12-iyuldagi "Ta'limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi huzuridagi Ilmiy-metodik Kengashlar faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi 6-son buyrug'i mazmuni hagida;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi "O'zbekiston — 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar xususida;

Oʻquv adabiyotlarni yaratilishi haqida;
Yig'ilish yakunida Ilmiy va tashkiliy  masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.


Aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishi bo'yicha ilmiy-metodik Kengash yig'ilishi Aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishi bo'yicha ilmiy-metodik Kengash yig'ilishi Aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishi bo'yicha ilmiy-metodik Kengash yig'ilishi Aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishi bo'yicha ilmiy-metodik Kengash yig'ilishi