Jamoatchilik kengashi hududiy bo‘linmasi a’zosi, iste’fodagi podpolkovnik A.Turg‘unov tashrif buyurdi.
10.01.2025 08:59:14 3
Namangan davlat pedagogika institutiga 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar Kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik X.Xidirov,
Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar Kengashi raisi o‘rinbosari, iste’fodagi podpolkovnik N.Ismoilov hamda
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hududiy bo‘linmasi a’zosi, iste’fodagi podpolkovnik A.Turg‘unov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida faxriylar institutda tashkil etilgan "Iftixorlar maskani" bilan yaqindan tanishishdi.
Institut birinchi prorektori A.Isoqboyev maskan va uning tashkil etilishi, namanganlik olimlar xususida batafsil tushuntirib oʻtdi.
Ushbu maskan tashrif buyurgan mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.