English English English

Talaba-qizlarimizning qaynonalari bilan uchrashuv tashkil etildi

  06.04.2025 22:05:26    22


Namangan davlat pedagogika institutida "Oliy ta’limdagi kelin: o‘qish, oila va mas’uliyat uyg‘unligi" mavzusida talaba-qizlarimizning qaynonalari bilan uchrashuv tashkil etildi


Talaba-qizlarimizning qaynonalari bilan uchrashuv tashkil etildi


Bu samimiyat va hurmat uyg‘unligida o‘tadigan, avlodlar orasidagi bog‘liqlikni mustahkamlovchi, oila qadriyatlarini targ‘ib etuvchi muhim uchrashuvdir.

Mazkur tadbir doirasida oliy ta’limda tahsil olayotgan kelinlarimizning ilm olishdagi fidokorona harakatlariga bag‘ishlangan iliq suhbatlar, qaynonalarning hayotiy tajribalari bilan bo‘lishishlari, shuningdek, o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat asosida shakllangan munosabatlar haqida ochiq muloqotlar tashkil etiladi.

Tadbirning asosiy vazifasi – qaynona-kelin o‘rtasidagi totuvlik, o‘zaro tushunish, mehr-oqibatni kuchaytirish, yosh oilalarda barqarorlik va sog‘lom muhit yaratishga xizmat qilishdir.

Bu uchrashuv – nafaqat bir-birini eshitish, balki qadrlashga undovchi, jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarga yo‘l ochuvchi mehrli muloqot maydonidir.


Talaba-qizlarimizning qaynonalari bilan uchrashuv tashkil etildi Talaba-qizlarimizning qaynonalari bilan uchrashuv tashkil etildi Talaba-qizlarimizning qaynonalari bilan uchrashuv tashkil etildi Talaba-qizlarimizning qaynonalari bilan uchrashuv tashkil etildi Talaba-qizlarimizning qaynonalari bilan uchrashuv tashkil etildi Talaba-qizlarimizning qaynonalari bilan uchrashuv tashkil etildi