ZAKOVAT — bilim va tafakkur bellashuvi
08.12.2025 08:16:24 1
Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsenti N. Valiyeva tashabbusi bilan “Siz qonunni bilasizmi?” haftaligi doirasida “ZAKOVAT” intellektual turniri tashkil etildi.
Mazkur bellashuvda Ijtimoiy fanlar fakultetining Tarix yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdi. Turnir keskin bahslar, yuqori saviyadagi bilim va mantiqiy fikrlash asosida yuqori ruhda o‘tkazildi.
Tadbir yoshlarda huquqiy bilimlarni mustahkamlash, tafakkurni rivojlantirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.