Iqtidorli talabamizdan navbatdagi xush xabar.
06.03.2025 17:12:52 36
Avval xabar berganimizdek "Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tanlovning Namangan viloyati Chortoq tumani saralash bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu bosqichda ham eng yuqori ko'rsatkich bilan talabamiz g'oliblikni qo‘lga kiritib 1.850.000 ming so'm pul mukofotiga ham ega bo'ldi.
Xayrullayev Mansurbek - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi
Ma'lumot uchun: Mazkur tanlovda Respublikaning barcha viloyatlaridagi Oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey, Kasb-hunar kollej va maktablarda tahsil olayotgan viloyatning tegishli tumanida doimiy yashaydigan 16 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishadi. Tanlov yakunida hakamlar hay'atining qarori bilan eng munosib 5 nafar ilmiy-innovatsion loyiha mualliflari g‘olib deb topilib navbatdagi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.
Ma'lumot uchun ertaga 6-mart kuni Norin tumani bosqichi bo‘lib o‘tadi.