English English English

NamDPIda ta’lim sifati va hamkorlik yangi bosqichda

  01.02.2026 10:11:56    12


Kosonsoy tumanidagi 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi “Boshlang‘ich sinf ta’limini rivojlantirish markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.


NamDPIda ta’lim sifati va hamkorlik yangi bosqichda


Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari, maktab direktorlar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda NamDPI professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Maktab direktori Alisher Abdurashidov ushbu hamkorlik ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Markaz faoliyati doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’ruzalar, bitiruvchilar bilan suhbatlar, psixologik treninglar hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish seminarlari tashkil etildi.

Mazkur tashabbus oliy va umumta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi. NamDPI bu yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettiradi.


NamDPIda ta’lim sifati va hamkorlik yangi bosqichda NamDPIda ta’lim sifati va hamkorlik yangi bosqichda NamDPIda ta’lim sifati va hamkorlik yangi bosqichda NamDPIda ta’lim sifati va hamkorlik yangi bosqichda NamDPIda ta’lim sifati va hamkorlik yangi bosqichda