English English English

MA’NAVIYATGA ELTUVCHI YO‘L: TALABALAR SULTON UVAYS QARONIY ZIYORATGOHIDA

  06.05.2026 08:14:49    37

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari uchun milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish hamda ularda ajdodlar merosiga ehtirom tuyg‘usini yanada yuksaltirish maqsadida Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohiga tashrif tashkil etildi.

Mazkur ziyorat Pedagogika fakulteti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi R.Rafiqova hamda fakultet tyutori M.Sharipov tashabbusi bilan Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs MTM-AR-24 guruhi talabalari ishtirokida amalga oshirildi.

Tashrif davomida talabalar islom olamida yuksak ehtirom bilan tilga olinadigan ulug‘ zot — Sulton Uvays Qaroniyning hayoti, ibratli faoliyati va ma’naviy merosi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ziyorat jarayonida o‘tkazilgan ma’naviy suhbatlar yoshlarning tarixiy xotira, qadriyatlar, insoniylik, kamtarlik va ezgulik haqidagi tasavvurlarini yanada boyitdi.

Shuningdek, talabalar tarixiy maskan bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mazkur tashrif yosh avlodni milliy o‘zlik, ajdodlar merosiga hurmat va ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

MA’NAVIYATGA ELTUVCHI YO‘L: TALABALAR SULTON UVAYS QARONIY ZIYORATGOHIDA MA’NAVIYATGA ELTUVCHI YO‘L: TALABALAR SULTON UVAYS QARONIY ZIYORATGOHIDA MA’NAVIYATGA ELTUVCHI YO‘L: TALABALAR SULTON UVAYS QARONIY ZIYORATGOHIDA