Rektor
27.02.2025 | 78

Xusanov Bahodir Ergashevich
Rektor
Falsafa fanlari doktori, dotsent
Qabul vaqti: juma, soat 14:00-16:00
Telefon: +998 69 211 11 69
Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi
|
Toshkent davlat universiteti
|
Mutaxassisligi
|
Filosofiya o‘qituvchisi (1993)
|
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi
|
Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston
|
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi
|
Go‘zallikning shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo‘lish xususiyatlari (2002 y.)
|
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi
|
Estetik tarbiya klasterlarini
takomillashtirishning falsafiy-konseptual asoslari (2024-y.)
|
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi
|
etika va estetikaning falsafiy masalalari
|
Ilmiy rahbarligi
|
bakalavr (67), magistr (33), fan nomzodi (2), PhD (2).
|
Nashr qilingan maqolalari
|
Jurnal /OAK-11, xorijiy-6.
Konferensiya /respublika-47, xalqaro-11
|
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki
|
Amaliy: ITD-1 Jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlanishi, ma’naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy meros, o‘zbek xalqi va davlatchilik tarixini hamda ta’limning uzviylik va uzluksizligini, barkamol avlod tarbiyasini tadqiq etish
|
h indeksi
|
4
|
O‘quv fani
|
falsafa, etika, estetika, notiqlik san’ati, san’at falsafasi
|
O‘quv-uslubiy ishlari
|
darslik (3), o‘quv qo‘llanma (6), boshqa o‘quv adabiyotlari (11).
|
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati
|
“Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati” a’zosi
Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash a’zosi;
Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021. Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar a’zosi;
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati;
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘ycha doimiy komissiyasi a’zosi.
|
Telegramm akkaunti
|
@namdpi_rektoriga_murojaat_bot
|
Rasmiy elektron pochtasi
|
e-mail: rector@namspi.uz
|
Davlat mukofotlari
|
“O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi” esdalik nishoni (2016 y.)
“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni (2022 y.)
“Ma’naviyat fidoiysi” ko‘krak nishoni (2023 y.)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fahriy yorlig‘i (2015 y., 2023 y.)
|
REKTORNING LAVOZIM VAZIFALARI:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
Oliy ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
Oliy ta’lim muassasasi tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
Oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;
Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi izlanuvchilar institutiga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
Ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informasion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
Oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, oliy ta’lim muassasasining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;
Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investisiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.