English English English

Ta’limning texnik vositalari bo’limi


  13.03.2025    |     113
NamDPI
Abdullayeva Shoxida Yuldashaliyevna
Ta’limning texnik vositalari bo’limi boshlig’i
Telefon: +998 93 942 50 60
e-pochta: shohidashohida242@gmail.com

    Abdullayeva Shohida Yuldashaliyevna,1981-yil 24 dekabrda Namangan viloyati Norin tumanida tug’ilgan.1987-1996-yillarda Norin tumanidagi 24-maktabda o’qigan.1997-1998 yillarda Norin tumanidagi iqtidorli bolalar litseyida oqigan.2003-2005 yillarda Namangan to’qimachilik texnikumida  buxgalteriya xisobi faoliyati nazorati va taxlili yo’nalishi bo’yicha o’qigan.2012-2013 yillarda Iqtisodiyot va tadbirkorlik kollejida Axborot texnologiyalari mutaxassisi bo’lib ishlagan.2013-2015 yillarda Namangan avtomobili maktabida kassir lavozimida ishlagan.2016-2022 yillarda O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari AJ Namangan tibbiy sanitariya qismida buxgalter lavozimida ishlagan. 2022-2023 yillarda “Vazira biznes” MChJda buxgalter bo’lib ishlagan. Hozirda  Namangan muhandislik texnologiya instituti sirtqi ta’limi Iqtisodiyot fakulteti 5 kurs talabasi.2023 yildan Namangan davlat pedagogika institutida Ta’limning texnik vositalari bo’limi boshlig’i bo’lib ishlab kelmoqda.

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI  TA’LIMNING

TEXNIK VOSITALARI BO’LIMI BOSHLIG’I LAVOZIM VAZIFASI:

    Ta’limning texnik vositalari bo’limi vazifalari: o’quv jixozlari (kompyuter,orgtexnika,audio va video)lar bo’yicha texnikalarni ro’yxatlash,  uch tomonlama shartnoma va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtiradi. O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi 341-342 moddalari talablari asosida foydalanuvchiga tovar moddiy boyliklarni va moddiy javobgarlikni o’z zimmasiga olishni ta’minlaydi. Agar foydalanuvchi boshqa ishga o’tsa yoki ishdan ozod etilsa zimmasidagi texnikalarni mutaxassis ishtirokida tekshirib tegishli bo’limga topshiradi.O’quv jixozlari bo’yicha muxandis mutaxassislar bilan birgalikda qabul qilib oladi va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtiradi.

    Hisobida turuvchi texnikalarni harakati va qoldiqlari hisobini yuritadi, har oy yakuni boʻyicha belgilangan tartibda hisobot tuzib hisobxonaga topshirib boradi.Oʻzining hisobida boʻlgan texnikalarni inventarizatsiya qilishda ishtirok etadi. Foydalanuvchi boshqa ishga o’tsa yoki ishdan ozod etilsa zimmasidagi texnikalarni mutaxassis ishtirokida topshiradi (yoki yangi tayinlangan shaxsga foydalanish uchun hujjatlar rasmiylashtiriladi).Tegishli tartibda topshirish-qabul qilish nomi bilan dalolatnoma rasmiylashtiradi.