English English English

Buxgalteriya


  26.04.2025    |     280
NamDPI
Yuldashov Elmurod Abdujalil o'gli
Bosh buxgalter
Telefon: 
E-pochta: eayuldashev90@gmail.com
Qabul kunlari: Ish kunlari har kuni soat 09:00-18:00
   NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BUXGALTERIYA BO‘LIMI BOSHLIG‘INING LAVOZIM VAZIFASI:
    Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
    Vazirliklar va yuqori tashkilotlarning buyruqlari va koʻrsatlamalari, institut kengashi qarorlari hamda institut rektorining Moliyaviy-iqtisodiy buyruqlari bajarilishini tashkil etish;
    Bosh buxgalter institutda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha buxgalteriya hisobini O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2010 yil 17 dekabrdagi 105-sonli buyrug‘i (22.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2169) bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil qiluvchi hamda bevosita rektorga bo‘ysunuvchi tuzilmaga rahbarlik qiladi.
 
Bosh buxgalter:
hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi bosh buxgalteri oldida hisobdor bo‘lib, institutda buxgalteriya hisobining yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning bajarilishiga javobgardir;
buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi, xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir sohani biriktiradi;
buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritadi, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etadi;
buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qiladi;
budjet, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘larning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish bo‘yicha shaxsan javobgardir;
institut tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qiladi, ular faoliyati bo‘yicha rektor oldida mas’uldir;
institutda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, talabalar stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblash va to‘lovini amalga oshirishga javobgardir;
smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshiradi;
pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashadi, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishni nazorat qiladi;
moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazishni tashkil etadi;
moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;
asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qiladi;
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini saqlanishini ta’minlaydi;
reja-moliya bo‘limi boshlig‘i bilan birgalikda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri belgilanishi, shtat, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishini nazorat qiladi;
pul mablag‘lari, tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy fondlarni inventarizatsiya qilish, hisob-kitoblar va to‘lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalariga rioya etilishiga javobgardir;
belgilangan muddatlarda debitorlik qarzlarning undirilishi va kreditorlik qarzlarning qaytarilishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarning ko‘rilishi, to‘lov intizomiga muntazam rioya etilishi bo‘yicha rektorga takliflar kiritadi;
buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha rektorga taqdimnoma kiritadi.