Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
26.04.2025 | 193

Markaz rahbari: Yuldashev Baxtiyor Bazarbayevich
Telefon: +998-69-211-10-97
Telegram: @namspinamduadmin
Asosiy maqsadi va vazifalari
- RTTM ning asosiy maqsadi, O’zbekiston Respublikasi prezidentining va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi davlat siyosatini institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘rtasida keng targ‘ib qilish, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bu sohadagi qaror va buyruqlari ijrosini ta’minlashdan iborat.
RTTM ning asosiy vazifasi:
- institutning axborot tizimi va zamonaviy kompyuter tuzilmalari negizida o‘quv jarayonini fakultet, kafedra va boshqa bo‘linmalarni axborotlashtirish vositalari bilan ta’minlash;
- institutning ichki axborotlashtirish muammolarini hal qilish, ya’ni o‘quv jarayonini, institutning ilmiy va ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini, oliy o‘quv yurtlararo faoliyatini va axborotlashtirish sohasidagi xalqaro faoliyatlarini axborot texnologiyalari va manbaalar bilan boyitib borish;
- axborot texnologiyalarini joriy etish, institut bo‘linmalarining dasturiy va texnik vositalar bilan jihozlash sohasidagi taklif va loyihalari ekspertizasini qamrab olgan holda axborot texnologiyalarini institutning o‘quv jarayoniga hamda boshqa faoliyat doiralariga joriy etish va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish;
- institut boshqaruvi va o‘quv jarayonini axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
- professor-o‘qituvchilar va xodimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda talabalarga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, xususan, internet
- tizimidan keng ko‘lamda o‘quv va ilmiy izlanishlar borasida ish olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- fakultetlarda kompyuter texnikalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni texnik va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
- fakultet va kafedralar uchun yagona tizimga asoslangan elektron ta’lim resurslarini yaratish hamda joylashtirish ishlarini texnik va dasturiy jihatdan ta’minlash ishlarini olib borish;
- institutning korporativ axborot tizimini dasturiy va texnik jihatdan nazorat qilish va ularni talab darajasida ishlashiga ko‘maklashish;
- institutning yagona axborot tizimini yaratish va rivojlantirish hamda Respublika va xalqaro tizimga integratsiyalash (yaxlit qilib birlashtirish)ni ta’minlash, xususan, institut bo‘linmalari, fakultetlari uchun lokal va uzoq masofada joylashgan binolarida, talabalar yotoqxonasidagi kompyuterlarni shu tizimga bog‘lash loyihalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, tizim infrastrukturasini zamon talablari asosida rivojlantirishni tashkil etish;
- institut axborot serverlarining dasturiy-texnik kompleksini ishlab chiqish va ularning ishlashini nazorat qilish, unda saqlanayotgan ma’lumotlardan institutning ichki tizimida foydalanish xuquqini chegaralash vositalarini ishlab chiqish va joriy etish;
- umum institut kompyuter sinflari dasturiy komplekslaridan foydalanishni va ishga layoqatliligini ta’minlash;
- professor-o‘qituvchilar va xodimlarning boshqaruv faoliyatini hamda o‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish borasidagi malakalarini oshirish tizimini uslubiy ta’minlash;
- institut tomonidan boshqa tashkilotlar bilan hisoblash ishlari bo‘yicha olib borilayotgan o‘zaro xamkorlik xo‘jalik ishlariga ko‘maklashish;
- institutning avtomatlashtirilgan axborot tizimini manfaatdor bo‘lgan fakultet va bo‘linmalar uchun ular bilan xamkorlikda loyihalash, ishlab chiqish va rivojlantirish;
- umum institut Internet va Intranet-resurslari holatini tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish va nazorat qilishni tashkil etish;
- multimediali taqdimotlarni ishlab chiqish, maketlash va taqdimot materiallarini yaratish;
- umum institut nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikalarining ishlashiga amaliy yordam berish;
- kommunikatsiya jihozlari, tizimli kommunikatsiya va hisoblash texnikalarini ta’mirlash bazasini yaratish;
- kompyuter tuzilmalarining tizim ishini testlash va tahlil qilish uslublarini ishlab chiqish;
- axborot resurslari, kommunikatsiya markazi, intellektual kompyuter sistemasi markazlari tomonidan o‘quv jarayoni va faoliyatning boshqa turlarini axborotlashtirish maqsadida bajarilayotgan ishlarni, shuningdek, institutning axborot-kommunikatsiya tizimi bilan o‘zaro hamkorlikni talab qiladigan ishlarni operativ (tezkor) ravishda o‘zaro muvofiqlashtirish;
- videokonferensiya, videomaslahatlar va videobahslar o‘tkazishda foydalanuvchi va tinglovchilarga amaliy yordam berish;
- kompyuter sinflari va lokal tarmoqda axborotlar xavfsizligini ta’minlash;
- ishga yaroqsiz orgtexnika vositalariga texnik xulosa berish;
- Markazning faoliyati va maqsadlariga mos keladigan loyihalar bo‘yicha Fan va axborot texnologiyalar markazi hamda chet el grantlariga e’lon qilingan konkurslarda qatnashish;
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda mazkur Nizom talablari doirasida faoliyatning boshqa turlarini olib borish.
Xuquq va majburiyatlari
RTTM quyidagi xuquqlarga ega:
- institut bo‘linmalarida mavjud axborot-telekommunikatsiya vositalari, kompyuter, nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikalari, shuningdek mavjud aloqa vositalaridan foydalanish samaradorligini nazorat qilish;
- institut bo‘linmalarida axborot tizimi elementlarini tashkil etish jarayonini nazorat qilish;
- institut tizimida foydalanish mumkin bo‘lgan ichki va tashqi axborot resurslaridan maqsadli foydalanish samaradorligini nazorat qilish;
- rahbariyat bilan kelishgan holda markaz xodimlari malakasini oshirish uchun ularni Respublikamizdagi va xorijdagi axborot texnologiyalari bo‘yicha yirik muassasalarga yuborish;
- markaz faoliyatida yuqori natijalarga erishgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish uchun takliflarni rahbariyatga kiritish;
- markaz qoshida xo‘jalik hisobida ishlaydigan o‘quv kurslarini tashkil etish va tinglovchilarga belgilangan tartibda sertifikat berish;
- o‘quv va ilmiy tadqiqotlar jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha konferensiya va seminar treninglar tashkil etish;
- ma’nan eskirgan raqamli ta’lim texnalogiyalari markazi vositalarini hisobdan chiqarish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
- institutdagi barcha raqamli ta’lim texnalogiyalari markazi ehtiyoji uchun bepul
RTTM majburiyatlari
- institut boshqaruv tuzilmasi, o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqotlarni axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot-telekommunikatsiya infrastrukturasining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
- markaz faoliyatini amaldagi qonunlar, me’yoriy-xuquqiy qoidalar va markaz nizomi asosida olib borish;
- yuqori tashkilotlarning markaz faoliyatiga tegishli qarorlari, buyruqlari va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida amalga oshirish.