English English English

Xodimlar bo'limi


  26.04.2025    |     215
NamDPI

Jo‘rayev Murodjon Shermirzayevich
Xodimlar bo‘limi boshlig‘i
Telefon: +998 94 503 55 11
E-pochta: joraevmurodjon7@gmail.com
Qabul kunlari: yo‘q

Jo‘rayev Murodjon Shermirzayevich, 1976-yil 10-iyul kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1983-1993-yillarda Uchqo‘rg‘on tumanidagi 8-maktabda o‘qigan. 1993-1998-yillarda Namangan muhandislik pedagogika institutini avtomobil va avtomobil ho‘jaligi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
1998-2001-yillar O‘zbekiston qishloq ho‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish institutida ilmiy xodim, 2002-2022-yillar Ichki ishlar organlarida, 2022-2023-yillarda Namangan metallurgiya zavodida direktor o‘rinbosari, 2024-yil avgust oyidan Namangan davlat pedagogika institutida Xodimlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

NAMANGAN DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITUTI XODIMLAR BO‘LIMI BOSHLIG‘INING LAVOZIM VAZIFASI:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlarini, institut Kengashi qarorlarini, institut rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;
bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, modemogramma va telefonogrammalarini ijrosini ta’minlash va monitoringini olib borish;
institut rektor nomenklaturasiga kiruvchi barcha xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni rasmiylashtirish, shuningdek yuqori organlar nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tasdiqdan o‘tish uchun xodimlar hujjatini tayyorlash;
kafedra va institutning boshqa bo‘limlari bo‘yicha shtatlardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishni va joylashni amalga oshirish;
xodimlarga asosiy mehnat qonunlarini tushuntirish;
institutning barcha bo‘limlarida ichki tartib va mehnat intizomiga rioya qilishni nazorat qilish;
hujjatlashtirishga kiritilgan ariza, bildirishnomalarni ishlab chiqish hamda keyingi rasmiylashtirishda aniqlik kiritish;
professor-o‘qituvchilar va boshqaruv apparati, ma’muriyat va o‘quv-yordamchi xodimlarning tabellarini tekshirib borish va haqiqatda ishlamagan xodimlarga ish vaqti qo‘yilishi holatlarini oldini olish choralarini ko‘rish;
professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xo‘jalik bo‘limi xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va joylashtirish bo‘yicha komissiyalar tarkibida qatnashish;
xodimlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha belgilangan tartibda mehnat organlariga va yuqori tashkilotlarga hisobotlar tayyorlash va taqdim etishni ta’minlash;