English English English

Institut Kengashi kotibi


  13.03.2025    |     92
NamDPI
Abdurahmonov Azamat Abdurazzoqovich
Namangan davlat pedagogika instituti Kengashi kotibi
Telefon: +998 91 363 79 37
E-pochta: azamatabdurahmanov81177@gmail.com
    Abdurahmonov Azamat Abdurazzoqovich, 1977-yil 8-noyabrda Namangan viloyati Namangan tumanida tug‘ilgan. 1984-1994-yillarda Namangan tumanidagi 8-maktabda o‘qigan. Namangan davlat universitetida 1994-1999-yillarda Iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan.
    1998-yilda Namangan viloyat Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi kompyuter operatori sifatida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan.
     2001-2007-yillarda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Namangan viloyat bo‘limi Kengashida Tashkiliy, kadrlar va axborot-tahlil bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, Kengash raisining o‘rinbosari,
    2007-2018-yillarda Namanga viloyati hokimligida Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar kotibiyat mudiri,
    2018-2021-yillarda Uychi tumani hokiminig Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘ringosari,
    2021-2022-yillarda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashida Deputatlar, deputatlik birlashmalari, boshlang‘ich partiya  tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i,
    2022-2024-yillarda Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’maviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i vazifalarida ishlagan.
   2024-yildan Namangan davlat pedagogika instituti Kengashi kotibi vazifasida  ishlab kelmoqda.
   2022-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHI KOTIBINING LAVOZIM VAZIFASI:

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
Vazirliklar va yuqori tashkilotlarning buyruqlari va koʻrsatlamalari, institut kengashi qarorlari hamda institut rektorining institut Kengashi faoliyatiga oid buyruqlari bajarilishini tashkil etish;
Institut Kengashi yig‘ilishlarini tashkil etish;
Kengash yig‘ilishi bayonlarini rasmiylashtirish;
Yig‘ilish qarorlari ishrosini ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ilmiy unvonlarga talabgor bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish;
Kafedralardagi vakant professor-o‘qituvchi lavozimlariga tanlovlarni tashkil etish va Kengash yig‘ilishida muhokamasiga kiritadi.
Institut rektori huzurida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar bayonnomalarini rasmiylashtirish;
Faoliyat yoʻnalishi boʻyicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
fakultet va kafedralar kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.